16 yoshli yigit paxta uyumi ichida qolib vafot etdi

16 yoshli yigit paxta uyumi ichida qolib vafot etdi
Kuz fasli paxta yig‘im-terim mavsumi ekanligi ma’lum. O‘zbekistonda bo‘lgani kabi Qozog‘istonda ham ayni vaqtda paxta dalalarida terim ayni avjida.

Janubiy Qozog‘iston viloyatining Ordabasi tumanida 16 yoshli o‘spirin yigit paxta dalasida halok bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.

Falokat 10 oktyabr kuni To‘rtko‘l qishlog‘ida yuz berdi. Shu hududning favqulodda vaziyat departamenti xabar qilishicha, o‘spirin yigit paxta dalasida dam olish maqsadida momiq to‘la aravaga yotgan. Boshqa paxta teruvchilar uni dam olayotganligini sezishmagan.

Bu vaqtda kombayn paxta ortilgan aravani boshqa hosilga qo‘shib ortgan. O‘spirin esa paxta uyumi ostida qolib ketgan. U og‘ir tan jarohati olib, oqibatda vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.