Ukrainalik yigit choy damlash bo’yicha jahon chempioniga aylandi

Ukrainalik Dmitriy Filimonov choy damlashning ajoyib usuli bo’yicha jahon chempioni bo’ldi. Chempionat Xitoyning Xubey provintsiyasida o’tkazilgan.
Finalda ishtirok etish uchun 13 ta mamlakatdan 29 ta odam tashrif buyurgan. Ularning barchasi o’z o’lkalaridagi chempionatlarda yutgan g’oliblardir. Ishtirokchilar “Choy tayyorlash”, “Choyni taom bilan moslashtirish”, “Choy miksologiyasi” va “Choy degustatsiyasi” yo’nalishlarida raqobatlashishgan.
Dmitriy Filimonov “Choy tayyorlash” yo’nalishi bo’yicha jahon chempioni nomiga sazovor bo’ldi.
Dmitriyning aytishicha, ma’lum navli choylardan ajoyib lazzat hosil qilish uchun ularni turli kattalikdagi idishlarga turfa haroratda damlab, keyin umumiy idishda birlashtirish kerak. Bu haqida “24tv.ua” sayti xabar bergan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













