Yakutslik bag’ritosh erkak kuchugining ustidan suv quyib, -50 darajali ayozda uni o’lim bilan yuzma-yuz qoldirdi

Yakutslik bag’ritosh erkak kuchugining ustidan suv quyib, -50 darajali ayozda uni o’lim bilan yuzma-yuz qoldirdi
Xabar berilishicha, o’tgan hafta o’rtalarida ko’ngillilarga bir ayol qo’ng’iroq qilib, uning hovlisida ovcharka iti o’layotgani haqida xabar bergan. “Itning xo’jayini uni cho’miltirib, sovuqda qoldirdi, kuchuk allaqachon oyoqlaridan ayrilgan. Egasi unga yeyishga ham, ichishga ham hech narsa bermayapti, uni shunchaki o’lishi uchun tashlab qo’ydi” deb xabar berdi ayol.

Voqea joyiga yetib kelgan ko’ngillilar tanasi nam bo’lib yotgan va chalajon kuchukni darhol jonivorlar klinikasiga olib borishdi va shifokorlar unga o’lat tashhisini qo’yishdi.

Ayni paytda jonivorlarni himoya qiluvchilar ushbu holatga nisbatan chora ko’rishni talab qilmoqdalar.

Bundan biroz avvalroq Arxangelskda yashovchi inson sayr qilib yurgan bolalarning ko’z o’ngida 3 ta mushukchani tirikligicha yoqib yuborgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.