Putin Donald Trampga terrorchilar haqidagi xabari uchun minnatdorchilik bildirdi

Putin Donald Trampga terrorchilar haqidagi xabari uchun minnatdorchilik bildirdi
RF prezidenti Vladimir Putin AQSH mamlakati rahbari Donald Trampga Sankt-Peterburg shahriga xujum qilishni rejalashtirayotgan terrorchilar guruhi haqidagi xabari uchun minnatdorchilik bildirdi. Rossiya rahbari AQSHga aloqador terroristik xavf-xatarga oid ma’lumot paydo bo’lsa, RF maxsus xizmati uni Amerika tomoniga berishga tayyorligini ham qo’shimcha qilgan.

“RF prezidenti o’zining amerikalik hamkasbiga AQSH markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan Sankt-Peterburgdagi Qozon cherkovida portlashni reja qilgan terrorchilar guruhi iziga tushib, qo’lga olish imkonini bergan ma’lumotlar uchun tashakkur bildirdi” deydi Kreml matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Peturburgda ISHID tarafdorlari bo’lgan 7 kishi qo’lga olingan. Guruh Qozon cherkovi va sayyohlar bilan gavjum joylarga hujum qilishni rejalashtirgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.