Tramp o‘zining sobiq maslahatchisini itga tenglashtirdi

Tramp o‘zining sobiq maslahatchisini itga tenglashtirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida Maykl Vulfning «Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida» kitobini yana tanqid ostiga oldi. Xususan, u o‘zining strategik masalalar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Stiv Bennonni it bilan tenglashtirgan.

OAVlarning ma’lum qilishicha, kitobdan Bennon Trampning «ruslar» bilan 2016 yil iyunidagi uchrashuvini «sotqinlik» deya atagan so‘zlari o‘rin olgan.

«Maykl Volf — ushbu zerikarli va yolg‘on ma’lumotlar yozilgan kitobini sotish ilinjida o‘zicha tarix yaratgan omadsiz. U bu borada dangasa, ishdan haydamasliklarini o‘tinib so‘ragan Stiv Bennondan foydalandi. Endilikda hamma Stivni itdek ko‘chaga uloqtirdi. Juda achinarli!», — deb yozadi Tramp.

Manba: sof.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.