Tramp haqidagi shov-shuvli kitob ekranlashtiriladi

Tramp haqidagi shov-shuvli kitob ekranlashtiriladi
Endeavor Content kompaniyasi Donald Trampni g’azab otiga mindirgan Maykl Volfning “Alanga va g’azab: Donald Trampning Oq uyida” kitobi ekranlashtirishni reja qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, kompaniya asarni ekranlashtirish huquqini sotib olgan va bu kompaniya tarixidagi eng ko’p mablag’ sarflanajak loyiha bo’lishi rejalashtirilmoqda.

Filmning ijrochi prodyuseri esa Maykl Volfning o’zi bo’ladi.

Tramp kitob muallifini ruhiy nosog’lom deb atagan va kitobni yolg’on bilan to’la ekanligi haqida aytgandi. Ammo Trampning advokatlari kitobning sotuvga chiqishiga qarshilik qila olmadilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.