Turkiya bosh shtabi Afrinda 557 terrorchi yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Turkiya bosh shtabi Afrinda 557 terrorchi yo‘q qilinganini ma’lum qildi
Turkiya harbiy-havo kuchlari Suriyaning Afrinida 28 yanvardagi operatsiya davomida terrorchilik tashkilotlarining 73 a’zosini yo‘q qildi. Operatsiya boshlangandan beri esa umumiy hisobda 557 terrorchi yo‘q qilingan.

“Turkiya harbiy-havo kuchlari “Zaytun shoxi” operatsiyasi davomida 20 ta nishon – PYD (“Demokratik ittifoq”), YPG (kurdlarning mudofaa kuchlari) va IShID terrorchilik tashkilotining boshpanalari, o‘t ochish nuqtalari, qurol omborlarini yo‘q qilgan. Operatsiyada 13 ta samolyot ishtirok etgan, ularning barchasi bazaga qaytgan. 73 terrorchi, operatsiya boshidan beri esa 557 terrorchi yo‘q qilingan. Ikki turk harbiysi yaralangan”, deyilgan bosh shtab xabarida.

Ta’kidlanishicha, operatsiya reja bo‘yicha ketmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.