Hindistonda 4 oyoqli jo‘ja tug‘ildi (video)

Hindistonda 4 oyoqli jo‘ja tug‘ildi (video)
Hindistonda 4 panjali jo‘ja tug‘ildi. Jo‘janing egasi jo‘jaga taklif qilinayotgan mo‘may pulga ham uni sotishdan bosh tortmoqda, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Jo‘ja 2 oylik bo‘lib, oddiy jo‘jalar kabi o‘smoqda. Uning egasi Javad Alining aytishicha, antiqa jo‘jani ko‘rgani har kuni ko‘plab odamlar kelmoqda. Ba’zilar jo‘ja uchun 5 ming rupiygacha pul taklif qilishgan.

Jo‘jada ortiqcha panjalarning paydo bo‘lishiga polimeliya irsiy kasalligi sabab bo‘lgan. Bunda odatda ishlamaydigan ortiqcha panjalar rivojlanadi.

Ushbu videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.