Ukrainada “sariq rangli” qor yog‘di

Ukrainada “sariq rangli” qor yog‘di
Darakchi nashrining xabariga ko‘ra, tabiatning bu mo‘jizasi Ukrainaning Odessa viloyati janubida kuzatilgan.

Xabarda qayd etilishicha, bugun Odessa viloyatining Ismoil shahri meri Andrey Abramchenko Feysbukdagi sahifasida Dunay Gidrometeorologiya observatoriyasi mutaxassislari olib borgan laboratoriya tekshiruvida sariq tusdagi qordan olingan namunada zararli kimyoviy moddalar va jigarrang tuproq qorishmasi topilmaganini ma’lum qilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sariq qor bilan qoplangan Odessa viloyati janubidagi boshqa hududlar manzaralarini ham internetga faol joylashtirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.