Yevropaning jami 20 ta davlati Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborishga chog‘landi

Yevropaning jami 20 ta davlati Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborishga chog‘landi
Bu harakatni sodir etishga ularni Angliya bosh vaziri Tereza Mey ruhlantirdi. U yaqinda bo‘lib o‘tgan sammitda yevropaliklarni Rossiya tahdidlariga arzirli javob qaytarishga chaqirdi. Qolaversa, Rossiya Angliyaning sobiq razvedkachisi Sergey Skripal va qizi Yuliyani zaharlab o‘ldirganlikda ayblanishi ham Meyni haqiqiy intiqom sari undabdi.

Shunday qilib, Angliya bosh vazirining chaqirig‘iga ko‘ra Fransiya, Germaniya, Polsha, Irlandiya, Niderlandiya, Estoniya, Latviya, Litva, Bolgariya, Chexiya, Daniya i yana to‘qqizta Yevropa davlati Rossiya diplomatlarini haydab solishga ahd qilgan. Meyning chaqirig‘ini birinchi bo‘lib Litva prezidenti Dalya Gribauskayte qo‘llab-quvvatladi.

Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.