Meksikada lotereyada yutib olingan Nissan 50 yilga yerga ko‘mib qo‘yildi

Meksikada lotereyada yutib olingan Nissan 50 yilga yerga ko‘mib qo‘yildi
Meksikaning Oxinaga shahrida mahalliy aholi vakillaridan biri tomonidan lotereyada yutib olingan Nissan Micra avtomobili yerga ko‘mib qo‘yildi. O‘yin shartlariga ko‘ra, mashina g‘olibning merosxo‘rlariga 50 yildan so‘ng beriladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Lotereya har yili bo‘lib o‘tadigan El IV Reencuentro Ojinaguense festivali tashkilotchilari tomonidan o‘tkazilgan. Yakunlar qilinganidan so‘ng avtomobil suratlar, avlodlarga xatlar va boshqa turli-tuman narsalar bilan to‘ldirilgan. Keyin avtokran yordamida beton chuqurga tushirlgan va yopib tashlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.