AQShda Oq uy yaqinidagi yadro portlashi modellashtirildi (video)

AQShda Oq uy yaqinidagi yadro portlashi modellashtirildi (video)
AQShning Virjiniya politexnika universiteti olimlari Vashington markazida atom bombasi portlashini modellashtirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabariga tayanib Daryo yozmoqda.

Portlash videosida besh kilogramm to‘yintirilgan uranning portlashi aks etgan. Ssenariyga ko‘ra, terrorchilar qo‘liga tushgan bomba oddiy furgon bilan niqoblangan va Oq uydan bir necha daha uzoqda joylashgan.

Bir lahzada shahar dahasining katta qismi olovli yadro sharida yo‘q bo‘ladi. Bunda sharning o‘lchamlari Xirosimada yuzaga kelgan sharning uchdan ikki qismiga teng bo‘ladi.

Yadro portlashini modellashtirgan olimlar virtual aholiga ega poytaxtning batafsil xaritasini ham tuzgan. Videoda odamlarning o‘zini turlicha tutishi aks etgan. Bu holatlarning o‘zgarish dinamikasi ham tasvirlangan. Shuningdek, taxminiy halokatning zararlarini kamaytirish yo‘llari ham taqdim etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.