Kim Chen In bayonot berdi: yadro va raketa sinovlari to‘xtatiladi

Kim Chen In bayonot berdi: yadro va raketa sinovlari to‘xtatiladi
KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ma’lum qilishicha, Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to‘xtatmoqda, shuningdek yadroviy sinov maydonchasini yopmoqda. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga asosan Kun nashri xabar berdi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining yalpi majlisida shunday bayonot bilan chiqdi.

«Shimoliy Koreya 21 apreldan yadroviy sinovlar va qit’alararo ballistik raketalar uchirishni to‘xtatadi», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Kim Chen Inning e’lon qilishicha, hukumat mamlakat shimolidagi yadro poligonini yopadi, bu sinovlarni to‘xtatish borasidagi va’dalar tasdiqlovi sifatida yuz beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan «yaqin haftalar ichida» uchrashishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.