Putin to‘rtinchi bor Rossiya prezidenti lavozimini egalladi

Putin to‘rtinchi bor Rossiya prezidenti lavozimini egalladi
Vladimir Putin Rossiya prezidenti lavozimini rasman egalladi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Katta Kreml saroyida bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida Putin davlat rahbari sifatida qasamyod keltirdi.

Bu uning to‘rtinchi bor davlat rahbari lavozimini egallashi. Oldingi ikki muddat 4 yildan iborat bo‘lgandi.

Endi u ikkinchi bor 6 yillik muddatga Rossiya prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi. Uning vakolatlari 2024 yil 7 maygacha davom etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.