Tramp o‘z shtabidagi “josus” haqida aytdi

Tramp o‘z shtabidagi “josus” haqida aytdi
AQSH prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, FQB 2016 yilda uning saylovoldi shtabiga josusni kiritgan. Bu haqda Fox News\'ga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

“Ularda bizning kampaniyaga yashirin ravishda kirib olgan odamlar bor edi. Tasavvur qila olasizmi, bu shaxslar bizning kampaniyaga kirib olgan?”, - deya aytib o‘tdi Tramp Tennessi shtatida o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilib.

Shuningdek, u AQSH Demokratik partiyasi a’zolarini tanqid ostiga oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Federal qidiruvlar byurosi rahbariyatini keskin tanqid qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.