OAV: Shimoliy Koreya raketasi AQShga 40 daqiqada yetib boradi

OAV: Shimoliy Koreya raketasi AQShga 40 daqiqada yetib boradi
AQShning “Tashvish bildiruvchi olimlar ittifoqi” jamoatchilik tashkiloti Shimoliy Koreyaning yadro quroli bo‘yicha o‘z prognozini yangiladi. Bir yil avvalgidek, mutaxassislar Shimoliy Koreya AQShga qarshi yadro quroli qo‘llay olishini aytishgan. Olimlar ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya raketasi Nyu-Yorkkacha bor-yo‘g‘i 40 daqiqada yetib borishi mumkin.

Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalar AQShning muhim ma’muriy yoki harbiy ob’ektlari joylashgan boshqa shaharlari – Vashington, Los-Anjeles, Gonolulu, Chikago, Ankorij va Guamga yetib borishi mumkin. Shimoliy Koreyaning eng mukammal raketalari “Xvason-15”ning ta’sir doirasi 13 ming kmga tengligi Shimoliy Koreya hududini tark etmay turib, yoppasiga zarba berishga yetarlidir.

Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bunday raketaning bir donasi Nyu-Yorkning katta qismini yo‘q qilishi, yadro portlashi ta’siridan qurbonlar soni esa ilk daqiqalarda million kishidan oshishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.