Saudiya ayollari tarixda ilk bor avtomobil boshqara boshladi

Saudiya ayollari tarixda ilk bor avtomobil boshqara boshladi
Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni ayollari, transport vositalarini o‘zlari boshqarishi imkonini beruvchi qirol ruxsati kuchga kirgandan so‘ng, 24 iyun, yakshanba tongida o‘z avtomobillarida qirollik shaharlari ko‘chalariga ommaviy chiqa boshladi. Bu haqda «Sputnik O‘zbekiston» xabar bermoqda.

Arabiston sun’iy yo‘ldosh telekanallari avtomobil boshqarish uchun ruxsat kuchga kirgan ilk daqiqalardanoq ayollarning o‘z mashinalarida ko‘chaga chiqishi aks etgan videoni tayyorladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning sentyabrida qirol ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi farmon chiqardi. Saudiya Arabistoni ayollarga avtomobil boshqarish uchun taqiq amal qilgan dunyodagi yagona mamlakat edi. Farmon 24 iyun kuni kuchga kirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.