Avstraliyalik erkak 1 oyda 3 marta lotereyada yutdi

Avstraliyalik erkak 1 oyda 3 marta lotereyada yutdi
Avstraliyalik Karlo Massetti bir oy ichida 3 marta lotereyada yutdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib, Daryo xabar berdi.

Dastavval Sidneyda yashovchi 59 yoshli kishi 2 ta chipta sotib olgan va ikkala chiptada ham yutuq chiqqan. Umumiy hisobda chiptalar unga 2,5 million Avstraliya dollari keltirgan. Massettining so‘zlariga qaraganda, u o‘zining birinchi sotib olgan chiptasini undagi tartib chaqami yoqmagani uchun almashtirmoqchi bo‘lgan, biroq sotuvchi uni bu fikridan qaytargan.

Shundan so‘ng u uchinchi marta chipta sotib olgan, natijada yana 48 ming Avstraliya dollari yutib olgan. Aytilishicha, lotereyada yutib olish ehtimoli 50 milliondan 1 taga teng.

Massetti 50 ming dollarni mahalliy shifoxonalardan biriga xayriya qilishga qaror qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.