Indoneziyada "ikki yuz va ikki miyali bola" dunyoga keldi (foto)

Indoneziyada "ikki yuz va ikki miyali bola" dunyoga keldi (foto)
Indoneziyada ikki yuz va bir juft miya bir boshda joylashgan chaqaloq dunyoga keldi. Gilan Endika ismli bola Indoneziyaning Batam shahrida tug‘ilgan deb xabar bermoqda \"Hordiq\" nashri

Ayni vaqtda u ikki oylik bo‘lgan. Uning ikki qo‘li va ikki oyog‘i bor. Biroq uning egizagi ona qornida rivojlana olmagani sababli boshi boshqacharoq shaklda bo‘lib qolgan. Bunday holat 250 ming odamdan birida sodir bo‘ladi.
Indoneziyada "ikki yuz va ikki miyali bola" dunyoga keldi (foto)
Xabarda yozilishicha, boshning shakli, bola egizagining yuzi va miyasi mavjudligi go‘dakning hayoti uchun xavfli. Negaki, boshda ortiqcha suyuqlik yig‘ilishi mumkin. Shifokorlar bu holda bolaning ota-onasiga yordam bera olmasliklarini aytishgan. Chaqaloq shifokorlar nazoratida qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.