Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida yer yorilib, 50 metrlik chuqur hosil bo‘ldi...

Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida yer yorilib, 50 metrlik chuqur hosil bo‘ldi...
Ha, viloyatning Shatkov tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonida sirli ravishda 50 metrlik chuqur hosil bo‘ldi. Lekin hech kim jabr ko‘rmagan.

Xabar berishlaricha, chuqurning diametri 31,8 metrni tashkil etgan. Chuqur Neledino qishlog‘idan ikki kilometr olisda paydo bo‘ldi.

Zudlik bilan chuqur atrofi o‘rab chiqilib, ogohlantiruvchi belgilar qo‘yildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Nijegorodskdagi boshqarmasi mutaxassislari vaziyatni shaxsan nazorat ostiga olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.