Argentina prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Argentina prezidenti shifoxonaga yotqizildi
Argentina prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Argentina prezidenti Kristina Kirshner to‘pig‘i chiqib ketgani sabab shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Buenos Aires Herald xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha, prezident Santa-Kruz viloyatidagi uyida hordiq chiqarayotganida oyog‘ini qayirib olgan. Shifokorlar unga boldir mushaklarining uzilishi tashxisini qo‘yishgan.

Jarohat sabab Kristina Kirshner ta’tilni to‘xtatib, poytaxt Buenos-Ayresga qaytishga majbur bo‘lgan.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.