Eronda terakt sodir etganlarning barchasi yoʻq qilindi

Eronda terakt sodir etganlarning barchasi yoʻq qilindi
Eronning Ahvoz shahrida harbiy parad ishtirokchilariga hujum qilgan 4 nafar jangari yoʻq qilindi. Taʼkidlanishicha, jangarilar AQSH va Isroil razvedkalari bilan bogʻlangan boʻlgan. Bu haqda Eron qurolli kuchlari vakili Abulfazl Shakarchi maʼlum qilgan.

Uning maʼlum qilishicha, 3 terrorchi voqea joyida, yana bir nafari shifoxonada jon bergan.

Shakarchi jangarilar ISHID bilan bogʻlangani haqidagi xabarni rad etgan. Uning taʼkidlashicha, jangarilar Fors koʻrfazining yana ikki davlati tomonidan moliyalashtirilgan.

Ahvozdagi terakt 22 sentyabrda ertalab harbiy parad vaqtida sodir etilgan. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, jangarilarning parad ishtirokchilarini oʻqqa tutishi oqibatida 29 kishi halok boʻlgan, 53 kishi yaralangan.

IRNA axborot agentligining maʼlum qilishicha, otishmani tribuna ortida harbiy kiyimda boʻlgan 4 kishi amalga oshirgan. Otishma 10 daqiqa davom etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.