AQSHda yuk poyezdi koʻprikdan daryoga tushib ketdi (video)


AQSHning Ayova shtatida yuk poyezdi koʻprikdan daryoga tushib ketdi. Voqeaga temir yoʻl koʻprigining buzilishi sabab boʻlgan. Koʻprik poyezd ogʻirligini koʻtara olmagan.
Maʼlum qilinishicha, daryoga 20 taga yaqin vagon agʻdarilgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Voqea joyida mutaxassislar ish olib bormoqda. Taʼkidlanishicha, suvga xavfli moddalar tushishi xavfi yoʻq.
#Transport: Freight train derails in #Alton #Iowa; some cars plunge into river. pic.twitter.com/B5s9fvNQSm
— Hyper Observer (@HyperObserver) September 23, 2018
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













