Dubaydagi Gulnora Karimova aslida kim ekanligi maʼlum qilindi

Dubaydagi Gulnora Karimova aslida kim ekanligi maʼlum qilindi
3 oktyabr kuni ayrim OAVda Gulnora Karimovaning Oʻzbekiston qamogʻidan ozod etilib¸ Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

“Turon24”ning aniqlik kiritishicha, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova ayni paytda Oʻzbekistonda va qonunda nazarda tutilgan jazoni oʻtamoqda.

Axborot agentligining yozishicha, Dubaydagi qimmatbaho mehmonxonaga joylashgan Gulnora Karimova aslida boshqa boʻlib, OAV uni Islom Karimov qizi bilan adashtirishgan.

Rossiyalik oligarx, “Anji” klubi xoʻjayini Suleyman Kerimovning qizi ham Gulnora Kerimova boʻlib, Dubayda aynan uni kutib olishgan. U 1990 yilda Dogʻistonda tugʻilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.