Turkmaniston prezidenti shtanga ko‘tarish bo‘yicha mahoratini ko‘rsatdi (video)

Turkmaniston prezidenti shtanga ko‘tarish bo‘yicha mahoratini ko‘rsatdi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov vazirlar mahkamasi yig‘ilishida hukumat a’zolariga shtanga ko‘tarishdagi uquvini ko‘rsatdi.

“Turkmaniston bugun” axborot agentligining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda Turkmanistonda 1-10 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik muhokama qilingan. Yig‘ilish davomida Berdimuxamedovga musobaqaning ochilish marosimiga kelish taklifnomasi, esdalik belgilari hamda ramziy ko‘rinishdagi shtanga sterjeni topshirilgan.

Berdimuxamedov oltin suvi yugurtirilgan sterjenni boshi uzra ko‘tarib, o‘zining sportdagi uquvlarini namoyish qilgan.

Hukumat a’zolari prezidentning bu xatti-harakatlarini qizg‘in olqishlashgan. Ushbu bo‘lib o‘tgan voqea haqidagi videolavhani quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.