Rianna qo‘shig‘idan foydalangani uchun AQSh prezidentini tanqid qildi

Rianna qo‘shig‘idan foydalangani uchun AQSh prezidentini tanqid qildi
Xonanda Rianna AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z siyosiy tadbirlarida uning qo‘shig‘idan foydalanganini tanqid qildi.

“Mening odamlarim hech qachon bu kabi fojiali mitinglarning birortasida ham ishtirok etmaydi”, – degan Rianna.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonandaning “Do not stop the music” kompozitsiyasi Donald Trampning Tennesi shtatida o‘tkazgan chiqishlaridan birida yangragan.

Riannaning qo‘shig‘i jaranglagan paytda esa prezident yordamchilari olomon ustiga “Tramp” yozuvi bor futbolkalarni otib turishgan.

Rianna – amerikalik pop va R&B ijrochisi. U “Billboard Music” mukofotiga o‘n sakkiz marta, “American Music Awards”ga olti, “Gremmi” mukofotiga sakkiz marta sazovor bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.