Qodirovning Instagram sahifasi yana ishlamay qoldi

Qodirovning Instagram sahifasi yana ishlamay qoldi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti blokdan ochilganidan so‘ng bir kun o‘tib yana ishlamay qoldi.

«Afsuski, bu sahifaga kirib bo‘lmaydi. Ehtimol, siz noto‘g‘ri havoladan foydalangansiz yoki sahifa o‘chirib tashlangan», - deyiladi xabarda.

14 noyabrda Instagram ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning akkauntini (@kadyrov_95) blokdan chiqargandi. Qodirovning aytishicha, uning akkauntiga kirish 11 oylik taqiqlovdan keyin qaytarilgan.
Qodirovning Instagram sahifasi yana ishlamay qoldi
Checheniston rahbarining ta’kidlashicha, har qanday ijtimoiy tarmoq ma’muriyati «aloqalar va erkin muloqotning rivojlanishiga ko‘mak berishi kerak».

2017 yilda Checheniston rahbarining instagram va feysbukdagi akkauntlari bloklab qo‘yilgandi.

Instargam ijtimoiy tarmog‘ining ma’lum qilishicha, Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning sahifasi xato tufayli blokdan chiqarilgan va servis tomonidan yana bloklab qo‘yilgan. Ijtimoiy tarmoqning rasmiy vakili bu haqda chorshanba kuni BuzzFeed nashriga xabar berdi.

«Ushbu sahifasi xato tufayli tiklandi va endi o‘chirildi», - dedi u.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.