Makaodagi «Formula 3» Gran-prisida avariya sodir bo‘ldi (video)

Makaodagi «Formula 3» Gran-prisida avariya sodir bo‘ldi (video)
Germaniyalik 17 yoshli poygachi Sofiya Flyorsh Makaodagi «Formula 3» poygalari vaqtida trassadan chiqib ketdi.

Hodisaga uning avtopiloti boshqa ishtirokchi bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan.

Pilot soatiga 200 km tezlikda harakatlanib, boshqa pilotni ortdan kelib urgan va uning ustidan uchib o‘tib, trassa chetidagi fotosuratchilar xonasiga borib urilgan. Hodisa oqibatida yana 3 kishi jarohatlangan.

Poygachi falokatdan omon qolgan, ayni vaqtda u shifoxonaga yotqizilgan. Uning holati haqida aniq ma’lumot yo‘q, uning umurtqasi singan bo‘lishi mumkin.
Makaodagi «Formula 3» Gran-prisida avariya sodir bo‘ldi (video)
Flyorsh — «Formula-3» Gran-prisida ishtirok etayotgan yagona ayol ishtirokchi edi. Bu mavsum uning debyut mavsumidir.
[media=https://www.youtube.com/embed/g7Do6C0hlKo]
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.