Dubayda yurak shaklidagi "Sevgi ko‘li" paydo bo‘ldi

Dubayda yurak shaklidagi "Sevgi ko‘li" paydo bo‘ldi
Dubay yaqinidagi Al Qudra cho‘lida Sevgi ko‘li (Love Lakes) paydo bo‘ldi. Bu haqda Darakchi nashri xabar berdi.

Suv havzasi ikki joyda kesishgan ikkita yurakdan tashkil topgan. Yuraklarning chetlari suv bilan to‘ldirilgan, o‘rta qismlarda orolchalar qoldirilgan. Atrofida yo‘lakchalar qilingan va daraxtlar ekilgan.

Ko‘lni Google Maps’da ko‘rish mumkin. Shuningdek, daraxtlar inglizchada sevgi (LOVE) so‘zini hosil qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.