Abu-Dabida tuya mingan politsiyachilar paydo bo‘ladi

Abu-Dabida tuya mingan politsiyachilar paydo bo‘ladi
BAAning Abu-Dabi politsiyasi tuya mingan maxsus patrullar tashkil etilishini e’lon qildi. Bu haqda Gulf News nashri xabar berdi.

Abu-Dabi politsiyasi bosh qo‘mondoni Muhammad al-Rumaysiy bu qadam xavfsizlikni ta’minlashdan tashqari, amirlik an’analarini saqlab qolishga ham qaratilganini ma’lum qilgan.

“Politsiyachilar jinoyatlarning oldini olish va omma bilan muloqot qilish uchun eng yuqori standartlar bo‘yicha o‘qitilganlar”, deb aytgan al-Rumaysiy.

Ta’kidlanishicha, tuyalardagi patrullarni nafaqat cho‘l hududlarida, balki shaharlarda ham uchratish mumkin bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.