Qur’oni karimning 900 yillik nusxasi topildi

Qur’oni karimning 900 yillik nusxasi topildi
Foto: «Muslim.uz»
Eron Islom Respublikasining Tehron shahridagi muzeyda Qur’oni karimning XII asrga tegishli nusxasi namoyish etildi. Bu haqda «Muslim.uz» xabar berdi.

16 dekabr kuni Reza Abbosiy muzeyida tadqiqotchilar va qo‘lyozma mutaxassislari ishtirok etgan anjumanda qadimiy Musxaf ko‘zdan kechirildi.

Ushbu nusxa 1150 yilga tegishli bo‘lib, xattot Abul Fahr ibn Abilfazl al-Zafaroniy tomonidan ko‘chirilgan va unga Zafaroniy nusxasi deb nom berilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.