Shinjon-Uyg‘urdagi terakt natijasida 15 kishi halok bo‘ldi

Shinjon-Uyg‘urdagi terakt natijasida 15 kishi halok bo‘ldi
Xitoylik polisiyachilar © STR / AFP

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida amalga oshirilgan terrorchilik harakati natijasida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Yana kamida 14 kishi turli darajada tan jarohati olgani aytilmoqda. Terrorchilik harakati qanday ko‘rinishda amalga oshirilgani haqida axborot berilmagan.

Shinjondagi so‘nggi terakt 2014 yil 22 sentyabr kuni sodir etilgan, o‘shanda bir necha qo‘poruvchilik harakati natijasida ikki kishi halok bo‘lgandi.

Xitoy hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Uyg‘uristonning mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan diniy aqidaparast guruhlarning terrorchi harakatlari natijasida so‘nggi bir yarim yil ichida 300dan ortiq aholi halok bo‘ldi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.