Janubiy Koreyada baliq ovlash marosimi boshlandi

Janubiy Koreyada baliq ovlash marosimi boshlandi
Janubiy Koreyaning Kanvondo provinsiyasida xalqaro baliq ovlash festivali boshlandi, deb xabar qilmoqda Darakchi nashri.

Qoidalarga koʻra, qatnashchilar muzlagan koʻldan baliqlarni qoʻl bilan tutishlari lozim. Aynan mazkur festivalda ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga minglab sayyohlar kelishadi. Havo sovuq boʻlishiga qaramay, tadbirning birinchi kunida 140 mingdan ziyod odam koʻl atrofiga yigʻilgan. Ularning aksariyati AQSH, Xitoy va Yevropa mamlakatlari fuqarolaridir. Ushbu festival 27 yanvarga qadar davom etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.