2019 yil tarixdagi eng issiq yil boʻlishi mumkin

2019 yil tarixdagi eng issiq yil boʻlishi mumkin
AQSHning Kaliforniya shtatidagi mutaxassislar bu yil anomal jaziramani taxmin qilishmoqda, yaʼni tarixda boʻlmagan issiq havo kuzatilishi aytilmoqda, deyiladi National Geographic maʼlumotida.

Iqlimshunos Samanta Stivensonning taʼkidiga koʻra, bu Tinch okeani sharqida suv sathi darajasi keskin oshishi (El-Nino fenomeni) bilan izohlanadi. “El-Ninoni hisobga olganda, 2019 yil tarixdagi eng issiq yil boʻlishi mumkin”, - deydi u.

Butunjahon meteorologik tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2015 yildan 2018 yilga qadar eng issiq toʻrt yil kuzatilgan. Bu esa rekord darajaga yetgan karbonad angidrid gazi ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi.

Rossiyalik mutaxassislar joriy yilda xavfli tabiat hodisalari soni, birinchi galda suv toshqinlari ortishini bildirishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.