Tailand malikasi kasalxonaga yotqizildi

Tailand malikasi kasalxonaga yotqizildi
5 fevral kuni Tailand malikasi, qirol Pumipon Adulyadet (Buyuk Rama IX) va qirolicha Sikiritning kenja qizi Chulapxon Bankokning Ramatxibodi kasalxonasiga yotqizildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Qirollik byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 61 yoshli malikada bel og‘rig‘i paydo bo‘lgani va ko‘rish darajasi sezilarli pasaygani sababli kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki tekshiruvlar o‘tkazgan qirollik saroyi shifokorlari tegishli davolash tartibini belgilash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish kerak degan xulosaga kelgan. Ular malikaga o‘z ishini to‘xtatib, kasalxonaga yotishni taklif qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.