Rossiyada 18 nafar oʻzbekistonlik alkogol sexi tashkil etishipti

Rossiyada 18 nafar oʻzbekistonlik alkogol sexi tashkil etishipti
Rossiyaning Omsk shahri politsiyasi reyd chogʻida noqonuniy alkogol ishlab chiqaruvchi sexni aniqlashdi. Shu zahoti uning ishchilari darhol hibsga olindi.

Aniqlanishicha, bu 18 nafar insonning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib chiqdi. Bundan tashqari, ularning hech birida mazkur faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat beruvchi biror hujjat ham, patent ham yoʻq ekan.

6 mart kuni mazkur fuqarolarga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, ularga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.