Iroqda Ronalduga oʻxshash yigit topildi: internet foydalanuvchilari hayratda (video)

Iroqda Ronalduga oʻxshash yigit topildi: internet foydalanuvchilari hayratda (video)
Iroqda taniqli futbol yulduzi Krishtianu Ronalduga oʻxshash kishi topildi.
25 yoshli Bivar Abdulla oʻzining Iroq shimolida joylashgan Soran shahrida juda mashhur boʻldi. Koʻchalarda odamlar uni toʻxtatib, suratga tushmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, bu holat har kuni 3-4 marta sodir boʻlmoqda.
“Koʻpchilik menga men Krishtianu Ronalduga oʻxshash ekanligimni aytishadi, men kurdman. Oʻxshashligim uchun internetda kuzatuvchilarim koʻpaydi”, - deydi Abdulla.

Abdulla Bivar qurilishda ishlaydi. Boʻsh vaqtida doʻstlarim bilan futbol oʻynaydi. Ronalduning muxlisi boʻlgani uchun futbol yulduzi bilan uchrashishni orzu qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.