Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi (video)

Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi (video)
Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi. Uyda yashovchilar evakuatsiya qilingan, hech kim jabrlanmagan. Bu haqda Istanbul gubernatori ma’muriyati ma’lum qildi.

\"Bugun 14.15da (Toshkent vaqti bilan 16.15) tayanch devor ag‘darilishi oqibatida Kagitxona rayonida 4 qavatli uy qulab tushdi. Uyda yashovchilar ertalab evakuatsiya qilingan, shuningdek xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Jabrlanganlar yo‘q\", - deyiladi ma’muriyat saytidagi xabarda.

Qayd etilishicha, qulagan bino yaqinidagi yana o‘nta uyda yashovchi aholi ham evakuatsiya qilingan. Bu binolar ham qulab tushishi mumkin.

NTV telekanali binoning qulab tushishi tasvirlangan videoni namoyish etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.