«Yevrovideniye» g‘olibi tanlovning asosiy qoidasini buzgani ma’lum bo‘ldi (video)

«Yevrovideniye» g‘olibi tanlovning asosiy qoidasini buzgani ma’lum bo‘ldi (video)
Foto: «RIA Novosti»
«Yevrovideniye» g‘olibi — Niderlandiya vakili Dunkan Lourens xalqaro qo‘shiqlar tanlovining asosiy qoidasini buzdi, deb xabar beradi «Daryo.uz».

Ta’kidlanishicha, «Yevrovideniye»ning bosh qoidasi — yangi qo‘shiqni ijro etish. Ammo Dunkan Lourens 2017 yildayoq kuylagan Arcade qo‘shig‘i bilan chiqish qildi. Xuddi shu qo‘shiq videosi foydalanuvchilardan birining YouTube-kanalida e’lon qilindi.

Videolavhada Lourens Arcade qo‘shig‘ini kuylayotgani aks etgan, ammo videoyozuv 2017 yil 9 iyunda olingan. Ushbu holat tanlov natijalarini bekor qilish uchun sabab bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.