2115 yilga borib, hozir muomalada bo‘lgan tillarning 5mingdan ortig‘i yo‘qolib ketadi

2115 yilga borib, hozir muomalada bo‘lgan tillarning 5mingdan ortig‘i yo‘qolib ketadi
2115 yilga borib, hozir muomalada bo‘lgan tillarning 5mingdan ortig‘i yo‘qolib ketadi

Amerikalik tadqiqotchi olimlar yana yuz yildan keyin hozir dunyo aholisi gaplashadigan 6ming tildan 5mingdan ortig‘i muomaladan chiqib ketishini ma’lum qilishdi. Bu haqida “The Wall Street Journal”ga asoslanib, “gazeta.ru” xabar bermoqda, deb yozadi
kun.uz.

Nashrning ma’lum qilishicha, globallashuv keyingi yuz yil ichida qat’iy suratlarda davom etadi va ko‘plab madaniyatlar va tillarning o‘zaro qo‘shilib ketishiga olib keladi.

Olimlar kichik tillardan faqat yapon tiliga o‘xshash ekzotik ko‘rinishdagi va alohida himoya qilinadiganlari saqlab qolinishiga umid bildirishmoqda. Ular tarix uchun bu oddiy hol ekanligini, bundan oldin ham, doimiy ravishda shunday jarayon kechganini ta’kidlashmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.