Ruminiyada yoqqan kuchli do‘l avtomobillar oynasini sindirdi (video)

Ruminiyada yoqqan kuchli do‘l avtomobillar oynasini sindirdi (video)
Foto: «rosbalt.ru»
28 may kuni Ruminiyaning shimoli-g‘arbidagi Zaleu shahrida kuchli do‘l yog‘ib o‘tdi. Mahalliy aholi vakillari ushbu jarayonni video tasvirga olishgan.

Bor-yo‘g‘i besh daqiqa davom etgan ushbu hodisa shahar aholisiga ko‘plab ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqardi. Ba’zi do‘l donalarining kattaligi besh santimetrga yetgan. Oqibatda yuzlab avtomobillar pachoq bo‘lib, oynalari singan, uylarning tomi va oynalari shikastlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.