Zelenskiy Poroshenkoning bir nechta farmonini bekor qildi

Zelenskiy Poroshenkoning bir nechta farmonini bekor qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning sobiq rahbari Pyotr Poroshenkoning Andrey Vasilenko va Mixail Isakovni sud oliy kengashi a’zosi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarini bekor qildi.

Zelenskiy shuningdek, kengashga a’zo tayinlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Poroshenko Vasilenko va Isakovni oliy kengashga 13 may kuni — prezident saylovi natijalari rasman e’lon qilinganidan so‘ng tayinlagandi.

Sud oliy kengashi 2016 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga 21 kishi kiradi. Kengash sudyalarni tayinlash, bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish vakolatlariga ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.