Turkiyadagi azot zavodida portlash sodir bo‘ldi (video)

Turkiyadagi azot zavodida portlash sodir bo‘ldi (video)
Foto: Anadolu
Turkiyaning Kyutaxya shahrida joylashgan azot zavodida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi «Daryo».
Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Voqea joyiga politsiya xodimlari, tezyordam mashinalari va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Noxush hodisa oqibatida yetkazilgan zarar hozircha noma’lum.

Ijtimoiy tarmoqlarda zavoddan chiqayotgan qalin tutunlar tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi. Bunda ochiq yong‘in kuzatilmagan.

Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.