Italiyada apelsin o‘lchamidek do‘l yog‘di (foto, video)

Italiyada apelsin o‘lchamidek do‘l yog‘di (foto, video)
Italiyaning markaziy qismida, Adriatika dengizi sohilbo‘yi hududida apelsin o‘lchamidek do‘l yog‘di. Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar berdi.
Italiyada apelsin o‘lchamidek do‘l yog‘di (foto, video)
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Italiyada apelsin o‘lchamidek do‘l yog‘di (foto, video)
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Do‘l Peskara kommunasida yog‘gan. Yirik do‘l sababli 18 kishi olingan jarohatlar oqibatida shifoxonaga tushgan. Ular orasida yuz va boshidan jarohat olgan homilador ayol ham bo‘lgan.

Shuningdek, do‘l shaharga ham jiddiy talofat yetkazgan: avtomobillar shikast yegan, oynalar singan, uylarning tomlari ilma-teshik bo‘lgan.
Italiyada apelsin o‘lchamidek do‘l yog‘di (foto, video)
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Meteorologlar Italiyadagi bunday ekstremal ob-havoni yilning bu davrida Azor antitsikloni hosil qilgan tabiiy himoya yo‘qolgani bilan tushuntirishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.