Hindistonda attraksion qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)

Hindistonda attraksion qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Foto: «Korrespondent.net»
Hindistonning Ahmadobod shahridagi istirohat bog‘ida attraksion qulab tushdi. Qulash paytida attraksionda jami 31 kishi bo‘lgan. Bu haqda «Daryo.uz» ma’lum qiladi.

Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi, 29 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Kollaps mayatnik ko‘rinishidagi attraksionning aylanuvchi kajavasi bilan sodir bo‘ldi, u harakat paytida uzilib, yerga tushdi. Voqea sodir bo‘lgan paytdagi guvohlar ushbu noxush hodisadan zarar ko‘rganlarga yordam berdi.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyun kuni Jizzaxdagi istirohat bog‘ida attraksion qulashi oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.