Qozog‘istonlik ayol ikki oy farq bilan egizaklarni dunyoga keltirdi

Qozog‘istonlik ayol ikki oy farq bilan egizaklarni dunyoga keltirdi
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Uralsk shahrida yashovchi ayol ikki oy farq bilan egizaklarni dunyoga keltirdi. Bu haqda Tengrinews\'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Shifokorlarning aytishicha, ayolda anatomik o‘ziga xoslik aniqlangan. Uning bachadoni ikkita.
29 yoshli ayol g‘arbiy Qozog‘iston viloyatidagi perinatal markazda ikki oy va 16 kun farq bilan o‘g‘il va qiz farzandni dunyoga keltirgan.
Liliya Konovalovaning aytishicha, uning birinchi homiladorligi odatdagidek kechgan. To‘ng‘ich farzandi hozirda yetti yoshda.

Ayolning ikkinchi homiladorligi og‘ir kechgan.
Qozog‘istonlik ayol ikki oy farq bilan egizaklarni dunyoga keltirdi
Foto: Tengrinews
«Men muntazam kasal bo‘lar edim, shifokorlar menga yurmaslikni, yotishni buyurardi. 24 may kuni men 850 gramm vaznga ega qizchani dunyoga keltirdim. Bu homiladorlikning 25-haftasida yuz berdi. Liya bir oy jonlantirish bo‘limida yotdi. Keyin uni patologiya bo‘limiga o‘tkazishdi. O‘g‘lim Maksim 9 avgust kuni kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keldi. Uning vazni 2,9 kilogramm, bo‘yi esa 50 santimetr», — deydi Liliya Konovalova.

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati perinatal markazi direktori o‘rinbosari bunday holat hududda birinchi marta qayd etilganini ma’lum qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.