Afg‘oniston harbiylari bir kunda 50 nafar jangarini yo‘q qilishdi

Afg‘oniston harbiylari bir kunda 50 nafar jangarini yo‘q qilishdi
Foto: AP
Afg‘oniston harbiylari Badaxshon viloyatida o‘tkazilgan antiterror operatsiyasi davomida “Tolibon” harakatining 50 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar berdi.
Afg‘oniston harbiy havo kuchlari aviatsiyasi, politsiya kuchlari va mahalliy qo‘shinlar jalb etilgan operatsiya payshanba kuni boshlandi.

Afg‘oniston harbiylarining maqsadi toliblarni Varduj, Yamgan va Kuran-va-Munjan viloyatlaridan haydab chiqarishdir, deb xabar beradi, Tolo telekanali.
Badaxshon viloyati Tojikiston, Xitoy va Pokiston bilan chegaradosh.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.