Atamboyev sud savollariga javob berishdan bosh tortmoqda

Foto: REUTERS
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev norozilik belgisi sifatida sud savollariga javob berishdan bosh tortmoqda. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.
“U tergovchi va sudyalarning savollariga javob bermayapti, sukut saqlayapti. Bu uning qonunsizlikka qarshi noroziligidir”, - dedi Slesarev.
Chorshanba kuni Bishkek shahar sudi Atamboyevning hibsga olinishini qonuniy deb topdi va Pervomaysk rayon sudining qarorini o‘z kuchida qoldirdi.
Almazbek Atamboyev 8 avgust kuni maxsus operatsiya davomida hibsga olingandi. Unga nisbatan qator ayblovlar ilgari surilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev norozilik belgisi sifatida sud savollariga javob berishdan bosh tortmoqda. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.
“U tergovchi va sudyalarning savollariga javob bermayapti, sukut saqlayapti. Bu uning qonunsizlikka qarshi noroziligidir”, - dedi Slesarev.
Chorshanba kuni Bishkek shahar sudi Atamboyevning hibsga olinishini qonuniy deb topdi va Pervomaysk rayon sudining qarorini o‘z kuchida qoldirdi.
Almazbek Atamboyev 8 avgust kuni maxsus operatsiya davomida hibsga olingandi. Unga nisbatan qator ayblovlar ilgari surilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













