Hind teleshousida Nursulton Nazarboyev haqida «20 ming dollarlik» savol berildi

Hind teleshousida Nursulton Nazarboyev haqida «20 ming dollarlik» savol berildi
«Kim millioner bo‘lishni istaydi?» teleshousining hindcha muqobili Kaun Banega Crorepati ko‘rsatuvi ishtirokchisi Nursulton Nazarboyev haqidagi savolga to‘g‘ri javob berib, 20 ming dollar ishlab oldi.

Ishtirokchi «2019 yilda qaysi davlatda poytaxt birinchi prezident Nursulton Nazarboyev nomiga qayta nomlangan?» degan savolga javob berishi kerak bo‘lgan. Javoblar varianti orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kosovo va Keniya javoblari bo‘lgan.

Biroq ishtirokchining o‘zi bu savolga to‘g‘ri javobni bilmagan va yordamdan foydalanishga qaror qilgan. Uning tanishi bergan javob to‘g‘ri bo‘lgan va erkak mo‘maygina pul ishlab olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.