Qayerda oziq-ovqat mahsulotlari juda qimmat?

Qayerda oziq-ovqat mahsulotlari juda qimmat?
Foto: «REGNUM»
Oziq-ovqatlar narxi eng qimmat shaharlar nomi e’lon qilindi. «REGNUM»ning yozishicha, indeks hisob-kitobida bozordagi chakana narxlar inobatga olingan.

Eng qimmat oziq-ovqat mahsulotlari Syurix (130,18 punkt), Bazel (128,26 punkt), Lozanna (127,70 punkt), Jeneva (119,81 punkt), Bern (113,57 punkt) va Seulda (105,01 punkt) qayd etilgan. Tadqiqot dunyoning 375 ta yirik shahrida olib borilgan.

Reytingdagi yigirmatalikka quyidagi shaharlar kiritilgan: Nyu-York (AQSh, 7-o‘rin), Tronxeym (Norvegiya, 8-o‘rin), Gonolulu (AQSh, 9-o‘rin), Tokio (Yaponiya, 15-o‘rin), Toronto (Kanada, 19-o‘rin).
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng arzon oziq-ovqat mahsulotlari Ravalpindi (Pokiston)da ekan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.